Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






230 nafar so‘xlik yoshlar Tashkent Sity‘ga yo‘l oldi
8.06.2020 16:10,  
321

Ishsizlik muammosi Bosh Vazir A. N. Aripov raisligida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida alohida qayd etilgan edi. Tumandagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida davlat rahbarining topshirig‘i bilan tumanga kelgan ishchi guruh a’zolari tomonidan ishsizlar soni aniqlanib, ularni doimiy ish joyi bilan ta’minlash choralari kӯrilmoqda.

Faollar yig‘ilishida Bosh vazir tomonidan 500 nafar so‘xlik yoshlarni Vatanimiz poytaxti – Toshkent shahridagi qurilishlarga safarbar etish ta’kidlangandi.

Bugun tuman markazidan rӯyxatga olingan 230 nafar yoshlarning birinchi guruhi avtobuslar orqali Farg‘ona shahriga jӯnab ketishdi. Yoshlar Farg‘onadan Toshkent shahriga – Tashkent City tomon yӯl oldi.

Poytaxtimizdagi qurilish ishlariga jalb etilgan Suxlik vatandoshlarimiz uchun tashkilotchilar tomonidan zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilib, ularning maoshlari vaqtida tӯlanishi ham nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан