Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






26 sentyabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni sifatida belgilanadi
27.08.2021 14:22,  
144

Bu haqda Senatning 18-yalpi majlisida ma’lum qilindi:

«2018 yil 2 oktyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunda 5 aprel — Davlat xavfsizlik xizmatining kasb bayrami etib belgilangan edi. Bugungi kunda 5 aprel sanasini Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlash (Xizmatning 30 yilligi) xavfsizlik idoralarining faoliyat yuritishini hisoblashda qarama-qarshilikni keltirib chiqarmoqda.

Chunki o‘tgan yillar davomida (2006, 2011 va 2016 yillar) xizmatning tantanali yubileylariga Davlat xavfsizlik xizmatining xorijiy hamkorlari taklif etilib, ularga esdalik nishonlari topshirilgan.

Shu bois, Mustaqillikning 30 yillik bayrami nishonlanganidan so‘ng, 26 sentyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining 30 yilligini o‘tkazish mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi», — deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun Senat a’zolari tomonidan ma’qulladi. Endi 2018 yil 2 oktyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun o‘z kuchini yo‘qotadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан