Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






28 yillik iqtisodiy o‘sishimizga nazar
21.09.2019 19:34,  
1222

Oxirgi 28 yilga qarasak, iqtisodiyotimiz juda sust o‘sgan. Konvertning orqasida hisob qilsak: agar 1991 yilda bizda bugungi dollar hisobida kishi boshiga daromad 652 dollar bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda bu raqam 333$ bo‘lgan. Hozir Xitoy bizdan 6 barobar boyroq. Bizda $1500, ularda esa $9800.

1991 yilda Qozog‘iston bizdan sal kam 2 barobar boy bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib, ular ham 6 barobar boyib ketdi.

Vetnamda 1991 yili bu ko‘rsatkich 138 dollar bo‘lgan, ya’ni o‘sha paytda biz ulardan 5 barobar boyroq edik. Hozir Vetnamda kishi boshiga ko‘rsatkich $2563. Ya’ni bizdan boyroq.

Oddiy qilib aytsak, biz yiliga kishi boshiga 3.4% o‘sib keldik (hamkasblarim kechirishadi, lekin bu raqam deyarli to‘g‘ri).

Bunaqa kichkina bazadan ($600) shunchalik sekin o‘sish nihoyatda g‘ayritabiiy. Bunday yomon o‘sish sababi nima degan savol ustida fikrlab ko‘ring.

P.S. Agar biz shu davrda yiliga 8 foizga o‘sganimizda yillik daromadimiz $1500 emas, $5800 bo‘lar edi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан