Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






3 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada tiriklayin yonib ketdi
28.10.2019 23:16,  
824

Rossiyaning Vladivostok shahridagi qabristonda 24 oktyabrga o‘tar kechasi yong‘in yuz bergan. Yong‘in qabristondagi ikki qavatli xo‘jalik binosida yuzaga kelgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, yong‘inni o‘chirgan o‘t o‘chiruvchilar hodisa joyida uch kishining jasadini topgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Vladivostok shahridagi Bosh konsulxona ma’lumotiga tayangan holda ma’lum qilishicha, 24 oktyabr, payshanba kuni yuz bergan mazkur yong‘in oqibatida Buxoro viloyatidan kelgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi O.J., K.T. va J.B. vafot etgan.

Konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinganidan so‘ng, 26 oktyabr, shanba kuni mazkur uch fuqaroning jasadlari «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning «Vladivostok—Toshkent» yo‘nalishidagi reysi bilan O‘zbekistonga olib kelingan.

Shuningdek, 27 oktyabr kuni Vladivostok shahri bolalar kasalxonasida sog‘lig‘i holatining yomonlashgani sababli yana bir O‘zbekiston fuqarosi I.B. vafot etgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumaning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан