Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






30 kishidan ko‘p bo‘lib ziyofat uyushtirishga ruxsat berildi. Ishtirokchilar koronavirusga test topshirgan bo‘lishi talab etiladi
30.12.2020 21:20,  
154

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi yangi yil tadbirlarini 30 kishidan ko‘p bo‘lgan hamda koronavirusga test topshirgan holda nishonlashga ruxsat berilgani haqida xabar qildi.

«Respublika maxsus komissiyasi yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning biroz barqarorlashganini inobatga olib, yangi yil bayrami munosabati bilan 2020 yil 31 dekabr va 2021 yil 1 yanvar kunlari to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda 30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni koronavirusga PZR test yoki ekspress-test tekshiruvi asosida tashkil etilishiga istisno tariqasida ruxsat berdi», deyiladi vazirlik xabarida. 

30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi to‘yxona, mehmonxona, restoran va kafelarda:

  • shartnoma asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini jalb etgan holda epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi;
  • koronavirusga PZR test natijasi bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar uchun xususiy laboratoriya yoki sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan shartnoma asosida joyida koronavirusga ekspress-test tekshiruvini yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.

«Respublika maxsus komissiyasining ushbu qarori xalqimizning bayram tadbirlarini yuqori kayfiyatda nishonlashiga sharoit yaratib berishni ko‘zda tutadi. Yurtdoshlarimizdan bayram kunlarida o‘zlari hamda yaqinlarining sog‘liqlariga befarq bo‘lmasdan, tibbiy niqoblardan to‘g‘ri foydalanib, qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, maxsus komissiyaning 13 dekabrdagi qarori bilan davlat tashkilotlariga yangi yil munosabati bilan korporativ bayram tadbirlari o‘tkazish taqiqlangandi.

14 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yil tadbirlari va koronavirus bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqan, yangi yil bayramini uyda, oila davrasida, ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish tavsiya qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан