Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






30 yil orolda yolg‘iz yashayotgan odam izolyasiya qilishning usulini aytib berdi (video)
25.03.2020 16:27,  
2075

Sardiniyaning Budelli orolida 30 yildan ortiq yolg‘iz yashayotgan keksa yoshli Mauro Morandi koronavirus tufayli o‘zini izolyasiya qilish oson deb atadi. Bunda yolg‘iz qolishdan qo‘rqmaslik va kitob o‘qish kerak. Bu haqda CNN saytida xabar berildi.

1989 yilda Milandagi Immobiliare Nuova Gallura kompaniyasi sobiq jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Morandini Budelli vasiysi sifatida ishga qabul qilindi. 2006 yilda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli kompaniya italiyalikka pul to‘lashni to‘xtatdi, lekin u orolda qolib u yerda bepul ishlashni davom ettirishga qaror qildi. Bir necha yillar davomida 81 yoshli italiyalik o‘qituvchi Robinzon Kruzo nomi bilan shuhrat qozondi.

Morandi tashqi dunyodan ajralib turishiga qaramay, telefon orqali so‘nggi yangiliklarni kuzatib boradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Budelli orolida u o‘zini butunlay xavfsiz his qilmoqda. Bu yerda hech kim suzib yurmaydi. Olisda bironta ham kema ko‘rinmaydi, dedi u.

U Italiyaning Modena shahrida yashovchi oilasi va do‘stlarining sog‘lig‘idan xavotirda. Biroq, koronavirus pandemiyasi Morandi hayotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Orolga oziq-ovqat yetkazib berish to‘xtadi.

Morandi o‘zini yolg‘iz his qilmasligini ta’kidlaydi. U zerikib qolgach, orolning rangli jozibador rasmlarini olib ularni Instagramga yuklaydi. "U yerda mening obunachilarim ko‘p", deydi u g‘urur bilan. Men har qishni kulbamda o‘tkazaman. Bir necha oylar davomida tashqariga zo‘rg‘a chiqardim, faqat vaqti-vaqti bilan kulbamda o‘tirardim. Odamlar ikki hafta uyda o‘tira olishmaydimi? Bu bema’ni narsa, dedi u.

U boshqalarga kitob o‘qishni va o‘ziga chuqurroq qarashga maslahat berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik o‘zlari bilan yolg‘iz qolishdan qo‘rqishadi. Agar hayotingizni tahlil qilsangiz va yuz berayotgan narsalarga har xil tomondan qarasangiz, hayotingizni behudaga sarflamoqdaman degan xulosaga kelasiz yoki to‘satdan siz yomon ishlar qilganingizni va yomon odam bo‘lganligingizni anglashingiz ham mumkin, deb ta’kidlaydi u.

Morandining so‘zlariga ko‘ra, karantin tufayli odamlar tahlil qilishi va hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish imkoniga ega. Biroq, uning fikriga ko‘ra, bu imkoniyatdan ozchilik foydalanadi. "Ko‘pchilik qulay sharoit zonasida bo‘lishga odatlanib qolishgan va foydasiz behuda turmush tarzini olib borishadi", deb xulosa qildi Morandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан