Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






30 yildan buyon millatimiz qahramonlarini oqlanmayotgani haqidagi e’tirozlarga qanday javob qaytarildi?
11.05.2021 14:48,  
396

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayev Sovet ittifoqi hokimiyati Turkiston erki uchun kurashganlarga bosmachi, qaroqchi nomini berib ularga jinoiy tus bergani haqida gapirdi. 

“Mustaqillikka erishganimizga 30 yil to‘ldi, hukumatimiz bosmachilarni nega hamon oqlamadi? Butun dunyo Sharq Bonoparti, deb tan olgan Ibrohimbekni biz hali oqlaganimiz yo‘q”, deydi tarixchi Bahrom Irzayev Rost24 saytiga bergan intervyusida.

Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi  tarixchining fikrlariga munosabat bildirdi.

Unda ta’kidlanishicha, Oliy sudi tomonidan reabilitatsiya qilinmagan qatag‘on qurbonlarining nomlarini oqlash va ularning xotirasini abadiylashtirish borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, amaliy sa’y-harakatlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda ekan.

Ma’lumot o‘rnida Prezidentning 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlashga Oliy sud tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani aytilgan. Mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan shaxslarning jinoyat ishlari amaldagi qonunchiligimizga muvofiq o‘rganib chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан