Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






3200 soxta AQSh dollarini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
17.07.2020 19:44,  
148

Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 07.07.2020 yilda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. (1979 y.t., sudlangan) “maxsus xaridor”ga jami 3200 AQSh dollarini 27,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov xabar qildi.

Sirdaryo viloyati IIB ekspert kriminalistika bo‘limining ekspertiza xulosasida, tadbirda olingan 32 dona 100 AQSh dollarli kupyuralar rangli lazer printerda tayyorlanganligi va qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 15.07.2020 yilda Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан