Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridorga 3 850 quti “Meropenem Avantika” nomli dori vositalarini dorixona va uning filiallaridan tashqarida 343,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokratura departamenti xabar bermoqda.
Xuddi shunday, Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.X. va X.G‘. o‘zaro oldindan til biriktirib, yuz ming dona “NPP Askorbin kislota” nomli dori vositalarini xaridorga 8 000 AQSh dollari va 40 mln so‘mga dorixona va ularning filiallaridan tashqarida sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.