Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






344 million "aylanib" o‘ta olmadi
5.03.2021 16:13,  
485

Xorijdan yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan qurilish materiallarining faktura qiymati hujjatlarda 70 402 AQSh dollari miqdorida ko‘rsatilgani bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu qiymatning haqqoniyligini tekshirish uchun xorijiy davlatga so‘rovnoma yuborildi. Bu haqida Respublika Bojxona qo‘mitasi internet sayti xabar bermoqda.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, qurilish materiallarining umumiy faktura qiymati 207 352 AQSh dollari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tafovutlar natijasida  344,2 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан