Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






368 ming bemor — dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi
17.09.2020 13:05,  
155

Dunyoda COVID-19 koronavirusiga chalinish holatlari soni bo‘yicha yangi antirekord o‘rnatildi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida berib boruvchi Amerikaning Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari bundan darak bermoqda.

Xususan, maxsus veb-saytda chop etilgan universitet ma’lumotlariga ko‘ra, 15 sentyabr kuni dunyo bo‘ylab 368 ming kishi koronavirus bilan kasallangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 13 sentyabr kuni qayd etilgan avvalgi rekord 307 930 infeksiya edi.

16 sentyabr holatiga ko‘ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 29 664 114 kishini tashkil etdi, 20 146 388 kishi sog‘ayib ketdi, 937 111 bemor vafot etdi. Ushbu raqamlarni Jons Xopkins universiteti keltirgan (shunga o‘xshash ma’lumotlar JSST va Worldometres veb-sayti tomonidan keltirilgan).

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (6 607 955), Hindiston (5 020 359), Braziliya (4 382 263), Rossiya (1 075 485) va Peru (738 020) oldingi o‘rinda.

Shu bilan birga, yaqinda pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisi o‘tib ketganday tuyulgan Yevropa va boshqa mamlakatlarda kasallik soni kunlik rekord darajada qayd etildi – Ispaniya (+11 193), Fransiya (+9 784), Buyuk Britaniya (+3 997), Isroil ( +4 950), Ukraina (+2 958), Chexiya (+1.290) va boshqalar.

 

Mavzuga doir: Isroilda karantin cheklovlari tiklanmoqda - Fuqarolarga uylaridan 500 metrdan uzoqqa chiqish taqiqlanadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан