Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






37 ta loyihadan faqat bittasi ishga tushirilgan — Prezident farmatsevtika sohasidagi ishlarni tanqid qildi
27.11.2020 19:29,  
127

Bu holat 27 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan yig‘ilishda keskin tanqid qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Kelgusi yilda 149 million dollarlik 37 ta loyiha bo‘yicha amaliy ishlarni hozirdan boshlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Sohadagi yana bir kamchilik – oxirgi yillarda tashkil etilgan 16 ta yirik korxonaning 8 tasi to‘liq quvvatda ishlamayapti. Mutasaddilarga ularni birma-bir tahlil qilib, to‘liq quvvatga chiqishiga ko‘maklashish topshirildi», – deyiladi rasmiy relizda.

Ta’kidlanishicha, mahalliy korxonalarda 3 mingdan ortiq nomdagi dori-darmon ishlab chiqarilsa-da, ular asosan murakkab bo‘lmagan jenerik vositalardan iborat.

«Pandemiya hammamizning ko‘zimizni ochdi, farmatsevtika nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik jihatidan ham strategik tarmoq ekanini ko‘rsatdi. Birinchi bo‘lib farmzonalar tashkil etganimiz bejiz emas. Biz juda ko‘p narsaga dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz kerak»– degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident xavfsizlik va samaradorlik darajasi yuqori dori vositalarini ishlab chiqarishga o‘tish kerakligini ta’kidlagan.

«Misol uchun, kelgusi yilda Namanganda parenteral, Samarqandda gormonal va Toshkent viloyatida qon preparatlarini ishlab chiqarishga imkoniyat mavjud.

Dorivor o‘simliklarni plantansiya usulida yetishtirish va sanoat qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish natijasida eksport hajmi joriy yilning o‘tgan 10 oyida 40 million dollarni tashkil etdi. Hududlarda dorivor o‘simliklarni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 42 million dollar bo‘lgan 14 ta klaster tashkil etildi.

Joriy yilda dorivor o‘simliklar plantatsiyalari 16 ming gektarga, xomashyo tayyorlash hajmi 22 ming tonnaga yetkazilmoqda. Lekin bu yetarli emas.

Shu bois kelgusi yilda mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini kamida 2 baravarga oshirish maqsad qilib qo‘yildi.

Qandli diabet kasalligida shakar o‘rnini bosuvchi steviya o‘simligini yetishtirish, baxmalgul, na’matak, topinambur, ola-o‘t, za’faron kabi eksportbop dorivorlarni sanoatlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati relizida.

Ma’lum bo‘lishicha, 207 ta korxonadan 157 tasida xalqaro standartlar joriy qilinmagan. Shavkat Mirziyoyev bu boradagi ishlarni kengaytirish muhimligini ta’kidlagan.

Kelgusi yilda farmavsevtika mahsulotlari eksportini 55 million dollarga olib chiqish vazifasi belgilandi.

Yig‘ilishda farmatsevtika tarmog‘idan tashqari, elektrotexnika sohasidagi ishlar ham ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ikki tarmoqda so‘nggi uch yilda eksport hajmi 1,7 baravar oshgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 350 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан