Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"39 mingdan 75 minggacha" - dehqon bozorlardagi go‘sht va boshqa oziq-ovqat narxlari ma’lum bo‘ldi
30.07.2020 09:30,  
195

Davlat statistika qo‘mitasi 14 ta hududiy birlikdagi 24 ta hududiy-markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini o‘rgandi. Tegishli hisobot qo‘mita rasmiy saytida chop etildi.

O‘rganish ob’yekti sifatida 9 turdagi mahsulotlar - mol go‘shti, qo‘y go‘shti, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, guruch, o‘simlik yog‘i va shakar kiritilgan.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, respublika bozorlarida sotilayotgan mol go‘shti narxi kilogramiga 40 ming so‘mdan 65 ming so‘mgacha. 40 ming so‘mlik go‘sht Nukus va Urganch bozorlarida, 65 ming so‘mlik go‘sht esa poytaxtdagi Oloy, Farhod, Mirobod dehqon bozorlarida sotilmoqda.

Qo‘y go‘shti esa 39 mingdan 75 ming so‘mgacha taklif etilmoqda. Qo‘y go‘shtining minimal va maksimal narxlari Toshkent shahridagi bozorlarda qayd etilgan - Mirobod va Oloy bozorlarida.

Shuningdek, kartoshka 1500 dan 6000 gacha, piyoz 750-3000 so‘m oralig‘ida, sabzi 1500 dan 5000 so‘mgacha, guruch 5000-18000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi 

Shakar narxi deyarli barcha bozorlarda bir xil. Eng arzon shakar (5800 so‘m/kg) Guliston, Farhod, Mirobod, Eski jo‘va, Qo‘yliq dehqon bozorlarida, eng qimmat shakar (7000 so‘m/kg) esa Oloy va Mirobod dehqon bozorlarida taklif etilmoqda. Boshqa bozorlarda esa 6000 - 6500 dan sotilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан