Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






4 oy davomida aholi qancha valyuta sotib oldi?
8.05.2020 12:07,  
120

Markaziy Bankning xabar berishicha, 2020 yilning dastlabki 4 oyi davomida yuridik shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan talabi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga o‘sib, 4,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi (2019 yil yanvar-aprel oylari - 3,9 mlrd. AQSh doll.).

Mazkur davrda birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik sub’yektlari tomonidan 1 063 mln. AQSh dollari miqdorida chet el valyutasi sotib olingan bo‘lsa (2019 yil yanvar-aprel – 939 mln. AQSh doll.), valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi 3,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi (2019 yilning dastlabki 4 oyida – 2,8 mlrd. AQSh doll.).

Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 1,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobar oshdi (2019 yilning dastlabki to‘rt oyi - 884 mln. AQSh doll.). Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan 1166 mln. AQSh dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (346 mln. AQSh doll.) nisbatan 3,4 barobar oshdi.

Shu bilan birga, joriy yilning aprel oyi so‘nggi o‘n kunligida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan valyuta mablag‘larining kunlik o‘rtacha hajmi birinchi va ikkinchi dekadalardagi o‘rtacha kunlik hajmlarga nisbatan 2,5 barobar o‘sib, 9,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (birinchi va ikkinchi dekadalarda - 3,8 mln. AQSh dollari).

Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 1,3 mlrd.AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 161 mln.AQSh dollariga yoki 11 foizga kamaydi.

Shuningdek, joriy yilning aprel oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalaridan jami 250 mln.AQSh dollari kelib tushib, ushbu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan 15 foizga kamaydi. Bunda oyning oxirgi o‘n kunligida xalqaro pul o‘tkazmalarining o‘rtacha kunlik hajmi oyning birinchi va ikkinchi dekadalariga nisbatan 1,7 barobarga oshishi kuzatildi (6,7 mln. AQSh dollardan 11,5 mln. AQSh dollariga).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан