Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






4 sinf o‘quvchisi prezidentga ochiq xat yozdi
5.11.2019 18:17,  
2905

Olmaota shahrida yashovchi 10 yoshli bolakay Nurbakit Galimjan mamlakat prezidentiga ochiq xat yozdi.

U prezident Qosim-Jomart Tokayevdan kuzgi ta’tillarni uzaytirib berishni, maktab dasturidagi bir nechta fanlarni olib tashlashni va bepul sport mashg‘ulotlari tashkil qilib berishni so‘radi, deb yozmoqda Tengrinews.kz muxbiri.

Bolaning onasi Alma Berikkalining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li kutilmaganda mamlakat prezidentiga xat yozmoqchi ekanini aytgan.

“Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich, nima uchun kuzgi ta’til vaqti juda qisqa. Maktab dasturi nihoyatda murakkab. Shuningdek, unda bir qancha keraksiz fanlar mavjud: Duniyetanu (dunyoni anglash), Ozin ozi tanu (o‘zini o‘zi anglash), Өlketanu (Vatanni anglash). Shuningdek, o‘g‘il bolalar kuchli bo‘lishlari kerak, ular bo‘lajak otalar. Va oilaning tayanchi. Shu sababli ular sport seksiyalariga borishlari kerak. Anavi ortiqcha fanlar bizning qimmatli vaqtimizni olmoqda. Shu tufayli biz maktabga borgimiz kelmay qolgan. Maktabimizda bepul sport seksiyasi faoliyat yuritishini xohlardim. Qosim-Jomart Kemelevich, umid qilamanki, siz mening xatimni javobsiz qoldirmaysiz”, - deb yozgan Olmaotadagi 138 gimnaziyaning 4 sinf o‘quvchisi Nurbakit Galimjan.

Onasi Alma Berikkali xatni Oqo‘rdaga yubormagan, shunchaki ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан