Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






40 ming insonning o‘limida aybdor deb topilgan sobiq prezident vafot etdi
25.08.2021 11:34,  
594

Senegal qamoqxonasida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Afrikaning Chad Respublikasi sobiq prezidenti Xissen Xabre 79 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 24 avgust kuni Senegalning Seneweb yangiliklar portali xabar berdi — deya yozmoqda ’Xabar.uz’.

Bundan tashqari, portal Xabrening rafiqasiga tayanib, sobiq prezidentga koronavirus tashxisi qo‘yilganini tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xabre COVID-19 oqibatida olamdan o‘tgan.

Xabre 1982 yildan 1990 yilgacha Chadni boshqargan. O‘sha yili davlat to‘ntarishidan so‘ng afrikalik Pinochet laqabini olgan sobiq prezident ikki xotini va bolalari bilan Chaddan qochib, Dakarga joylashgan.

2016 yilda siyosatchi insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Xabre hukumatining jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha Chad komissiyasi 40 mingga yaqin odamni siyosiy maqsadda o‘ldirish va 200 ming chadlikni qiynoqqa solishda aybdor deb topgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан