Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






43 yoshli ayolning shaxsiy fotosuratlarini internetda tarqataman deb 2200 dollar talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi
8.09.2020 16:08,  
568

2020 yilning 03 sentyabr kuni 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A., ning (ayol) shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritib, ularni F.A., uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar sirasiga kirishini bilgan holda, kelgusida ushbu rasmlarni uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga F.A.,dan 2.200 AQSh dollari miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Joriy yilning 04 sentyabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet hiyobonida S.N., tanishi F.A., dan 2.200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha S.N., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан