Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






49 nafar fuqaro Sankt-Peterburgga, 197 nafar fuqaro Amurga ishlash uchun jo‘nab ketdi
6.02.2021 22:33,  
238

Yurtdoshlarimizni xorijda bandligini ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ko‘plab salohiyatli ish beruvchi kompaniyalar va vakolatli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq chet elda ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli sohalariga ishga jalb etilmoqda.

Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi «ENKA» qurilish kompaniyasida ishlash uchun 49 nafar fuqaro, Amur viloyatidagi «PSP» MChJda ishlash uchun esa 197 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportidan jo‘nab ketdi. u Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat qurboni bo‘lib qolishning oldini olish maqsadida tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.

Yurtdoshlarimiz Rossiya Federatsiyasida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’yektlarida ish boshlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан