4ta OTMda tibbiyot fakultetlari ochiladi

4ta OTMda tibbiyot fakultetlari ochiladi

Shuningdek, ularda va boshqa tibbiy oliy ta’lim muassasalarida yetakchi xorijiy tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinishi belgilangan.

  • tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda o‘quv amaliyotini o‘taydi;
  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflariga asosan texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;
  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning o‘quvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot o‘taydi.