Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






5 o‘g‘lini urushda yo‘qotgan o‘zbek ayoli haqida film suratga olinmoqda
25.02.2020 20:59,  
487

“O‘zbekkino” kinostudiyasi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab “Ilhaq” deb nomlangan film suratga olmoqda.  

Film real voqealarga asoslangan bo‘lib, 12 fevralda suratga olish ishlarining O‘zbekistondagi qismi yakunlanib, hozirda suratga olish jarayoni Belarusda davom ettirilmoqda deb yozadi Belarusning Minsk-Novosti nashri.

Rejissyor Jahongir Ahmedov boshchiligidagi suratga olish jamoasi “Belarusfilm” kinostudiyasi ijodkorlari bilan birgalikda Minskdagi zavodlardan birida jang sahnalarini suratga olmoqda. Bu yerda 1943 yillar muhiti yaratilgan.

Filmga Toshkent viloyatining Xonobod qishlog‘ida yashagan Zulfiya aya Zokirova va uning kenja o‘g‘li Yusuf Xolmatovning taqdiri asos qilib olingan. 5 o‘g‘il va bir qiz farzandni bir o‘zi voyaga yetkazgan bu ayol Ikkinchi jahon urushi vaqtida barcha o‘g‘illari – Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjonni yo‘qotgan.

Ularning barchasiga frontdan “qora xat” kelgan. Bunday mash’um xatlardan oxirgisi Zulfiya ayaga 1945 yil fevralida kelgan. Ona kelinlari bilan butun umri davomida farzandlari xotirasiga motam tutgan.

Ushbu film urush, ona mehri, vatan, muhabbat va jasorat haqidadir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан