Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






5 yoshli o‘g‘lini urib o‘ldirgan sport murabbiyiga hukm o‘qildi
27.05.2021 22:37,  
637

Toshkent shahri Olmazor tuman BO‘SM-1 sport maktabida sport murabbiysi bo‘lgan 29 yoshli ota sovuq suv ichib, ovqat yegani uchun o‘g‘liga qasddan tan jarohati yetkazgan.

UzNews.uz xabariga ko‘ra, M.A. qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish maqsadida, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Paxtakor mahallasi, Mergancha ko‘chasida joylashgan uyida, voyaga yetmagan o‘g‘li 2015 yil 28 sentyabrda tug‘ilgan M.I.ni vodoprovod «shlanka»sidan sovuq suv ichganini ko‘rib, uning ko‘krak qafasiga mushtlari bilan zarba berib, uni xonadon oshxonasiga olib kirib, oshxonadagi stol ustidagi kosalarga suzilgan ovqatlarni yeb qo‘yganini ko‘rib, qorin qismiga mushti bilan urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, M.I. olgan tan jarohatlari bilan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-sonli bolalar jarrohlik shifoxonasining jonlantirish bo‘limida unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, vafot etgan.

2021 yil 25 may kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqildi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudining 2021 yil 20 apreldagi M.A.ga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz qoldirilib, M.A. 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан