50 yil oldin sodir etilgan jinoyat uchun nafaqaxo‘r ayblanuvchi hibsga olindi

50 yil oldin sodir etilgan jinoyat uchun nafaqaxo‘r ayblanuvchi hibsga olindi

Moskvada nafaqaxo‘r 1974 yil 25 oktyabrda sodir bo‘lgan 17 yoshli qizni ko‘pchilik bo‘lib zo‘rlash ishi bo‘yicha hibsga olindi. 

Bu haqda «RIA Novosti» huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbasiga asoslanib xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, Rossiya Jinoyat kodeksining bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlash moddasi bo‘yicha jinoyat ishi poytaxtning Izmailovsk magistralida sodir etilgan jinoyatdan so‘ng darhol qo‘zg‘atilgan, ammo keyinchalik faqat uch nafar gumondor aniqlangan. Yana bir jinoyatchi esa deyarli 50 yildan so‘ng topilgan. U 1956 yilda tug‘ilgan, Moskvaning Rokossovsk ko‘chasida yashovchi erkak bo‘lib chiqqan. 

Ma’lum qilinishicha, erkak aybini tan olgan.