Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






57 mln so‘mni qimorda yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi o‘z joniga qasd qildi
18.11.2021 21:59,  
279

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi katta miqdordagi mablag‘ni qimorda yutqazib qo‘ygani sababli o‘zini osib o‘ldirgan.

Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov xabar bermoqda deya yozmoqda ’Zamon.uz’ nashri.

Aniqlanishicha, Farg‘ona Davlat universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgan R.B. avvaldan totalizator bukmeykerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari o‘ynab kelgan.

Qayd etilishicha, shu yilning 16 noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi X. ismli shaxsdan qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57 mln so‘m miqdoridagi pullarni qarzga olgani va pullarni o‘yinda yutqazib qo‘ygan.

18 noyabr kuni oila a’zolariga telefon raqami orqali uni qabristondan topishlari to‘g‘risida sms-xabarnoma yuborgan. O‘sha  kuni soat 17:30 lar atrofida R.B. oila a’zolari tomonidan o‘zi istiqomat qilib kelgan MFYdagi qabriston "navesi"ga o‘zini osgan holatda topilgan.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан