Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






57,5 ming kishi: AQShda koronavirus aniqlanish holatlari bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi
4.07.2020 13:48,  
173

AQShda o‘tgan 24 soat ichida 57,5 ​​ming kishi koronavirus bilan kasallanganligi aniqlandi - bu butun pandemiya uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi The Washington Post. Taqqoslash uchun, Braziliyada o‘tgan kuni 42,2 ming, Rossiyada 6,7 ​​mingta yangi holat qayd etilgan.

AQShda yangi holatlar bo‘yicha oxirgi maksimal ko‘rsatkich 2 iyul kuni qayd etildi. O‘shanda kasallanganlarning kunlik ortishi 55,2 ming kishini tashkil etgan.

Nashrning ta’kidlashicha, AQSh uchun so‘nggi to‘qqiz kun ichida bu kuniga aniqlangan infeksiyalar soni bo‘yicha yettinchi rekorddir. Eng ko‘p yangi holatlar Florida shtatida qayd etildi - 9488. Bu shtatda ketma-ket 26 kundan beri kunlik rekord darajadagi o‘sish qayd etilmoqda.

Mamlakatda kuniga 721 ming kishi koronavirusga test topshirmoqda. 

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11 millionga yetdi

AQShning bosh infeksionisti doktor Entoni Fauchi kunlik yangi aniqlanishlar soni 100 mingga yetishini prognoz qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiyaga qarshi kurashda AQSh "noto‘g‘ri yo‘nalishda" harakat qilmoqda va "vaziyatni to‘liq nazorat qilmayapti". Pandemiya tugashi bilan Qo‘shma Shtatlarda kutilayotgan kasal va o‘limlar soni haqida Fauchi aytish qiyin, ammo bu raqam "juda tashvishli" bo‘lishini ta’kidladi.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha - 2,79 million kishi va undan o‘lganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Kasallik soni bo‘yicha Braziliya ikkinchi o‘rinda - 1,53 million, undan keyin Rossiya 666,9 ming kishi kasallangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан