Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






6 mart kuni Aeroflotning Airbus A350-900 samolyoti ilk bor osmonga ko‘tariladi (video)
4.03.2020 17:03,  
1087

Airbus kompaniyasi Sheremetevo aeroportida Airbus A350-900 samolyotining keng korpusli modelini taqdim etdi, deb RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi birinchi Airbus A350-900 samolyotini alohida kabinalar, ikki metrlik to‘shakka yig‘iladigan kreslolar va barlari bilan qabul qilib oldi. U birinchi parvozini 6 mart kuni amalga oshiradi.

Aeroflotning Airbus A350 yo‘lovchi samolyot salonida uch toifali joylashuv mavjud: Business class (biznes 28 o‘rindiq), Premium economy (komfort 24 o‘rin) va Economy (ekonom 264 o‘rin).

Biznes-klass salonining ichki qismi noyob bo‘lib, 2 metrli to‘shakka yig‘iladigan o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Eng yirik tashuvchilarning aksariyati ushbu darajadagi qulaylikni faqat birinchi darajali servisda taqdim etadi.

O‘rindiqlar individual kabinalarda joylashgan bo‘lib, unda kostyumlarni joylashtirish jovoni, ichimlik bari, 54 smli individual monitor borligi yo‘lovchiga keng qulayliklar beradi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан