Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kun yakunlari: O‘zbek-tojik chegarasida nima gap? 5 yoshli qizini yoqqan ota, "Overton oynasi" va boshqalar
6.11.2019 22:35,  
199

Yakunlanib borayotgan 6 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Sof.uz dayjestida.

O‘zbekistonda nima gap?

​Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi.

>>> Batafsil.

Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ma’lumotlar, qonunchilikdagi eng so‘nggi yangiliklar, muammoli vaziyatlarga oid savollarga javoblar, odamlar uchun eng zarur huquqiy tavsiyalar berib boriladigan Milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi.

>>> Batafsil.

Toshkentda ota-ona 5 yoshli qizini o‘ldirib, murdasini o‘choqda yoqib yuborishdi.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlanishicha, 25.10.2019 yil kechasi soat 03:00 lar atrofida er-xotin Sergeli tumanida ijarada yashab kelgan xonadonda spirtli ichimlik iste’mol qilishib, farzandini urib, do‘pposlab, qasddan o‘ldirganlar.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan zastavaga​ 20 nafar maskali, noma’lum kishilar qurolli hujum uyushtirdi.

Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasining ma’lum qilishicha, chegara postiga hujum qilganlar IShID jangarilari ekanligi aniqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан