Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






6 oyda 25 405 mlrd. so‘mlik tovarlar birja orqali sotildi
16.07.2020 11:27,  
36

2020 yilning I yarim yillik yakunlariga ko‘ra “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 25 405,6 mlrd so‘mni tashkil qildi va 2019 yilning mos davriga nisbatan 22% ga o‘sdi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 9 664,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan, tadbirkorlar birja orqali 6 552,5 mlrd so‘mlik tovar resurslarini xarid qilib, 3 111,8 mlrd so‘mlik mahsulot sotdilar.

Birja savdolari orqali 22 362,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilib, o‘sish 20,8% ni tashkil etdi. Sotuvchi korxonalar savdolar davomida real bozor narxlarining shakllanishi evaziga 1 283,2 mlrd so‘mlik qo‘shimcha daromad olishdi va bu 2019 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 18,8% ga ko‘pdir.

Birja orqali 47,6 mln AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Shu jumladan birja eksportining tarkibini polietilen (39%), o‘simlik yog‘i (20%), paxta tolasi (12%), neft mahsulotlari (12%), polipropilen (10%), suyultirilgan gaz (4%), chorva uchun yemlar (3%) va boshqa mahsulotlar egallashdi.

Shuningdek, birjaning onlayn-auksionida 98,6 mlrd so‘mlik 24,8 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi va ularning umumiy qiymati o‘tgan yilning I yarim yilligiga nisbatan 36,3% ga o‘sdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан