Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






6,5 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlandi
3.03.2022 12:18,  
103

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbiri tashkil etilib, qator kamchiliklar aniqlandi.

 Xususan, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, “Issiqlik manbai” tarkibida jami 51 ta qozonxona mavjud bo‘lib, ularning balans qiymati qariyb 1,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ammo, nazorat tadbiri davrida qozonxonalarning kadastr hujjatlari taqdim etilmagan hamda 7 dona qozonxona boshqa shaxslarga berib yuborilganligi aniqlangan. 

      Shuningdek, korxonada umumiy qiymati qariyb 6,5 mlrd. so‘m bo‘lgan qator moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Xususan: 

- asossiz kirtilgan xarajatlar - 3,8 mlrd. so‘m; 

- tovar moddiy boyliklarining kamomadi -1,8 mlrd. so‘m;

- ortiqcha to‘langan ish haqi - 833,3 mln. so‘m;

- boshqa shaxslarga berilgan binolar qiymati - 46,8 mln. so‘m;

- yonilg‘i xarajatlarni ortiqcha sarflanishi - 45,5 mln. so‘m.

      Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан