Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






7 km masofadagi nishonni ura oladigan snayper ishlab chiqarilmoqda
6.06.2020 15:43,  
1540

Rossiyada yetti kilometr masofadagi nishonni yakson qiladigan DXL-5 snayper miltig‘i ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda Lobaev Arms kompaniyasi direktori Vladislav Lobayev ma’lum qilgan.

Bugungi kunda «Sumrak» miltig‘i bir yarim kilometr, rekord darajada 4,2 kilometr masofadagi nishonni yakson qilishga qodir.

«Hozir rekord darajada olti-yetti kilometr hamda ishonarli otish - uch kilometr masofada nishonga oladigan miltiqlar ustida ish olib bormoqdamiz. Loyihaning dastlabki nomi DXL-5, DXL-4 va DXL-3 kabi mahsulotlarimiz ushbu turga tegishli. Bunday uzoq masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli jahon bozorida hali yo‘q», - deydi Lobayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, miltiq uchun yangi texnologiyalar bilan jihozlangan maxsus o‘q ishlab chiqariladi.

«Bu miltiq uchun yangi patron bo‘ladi, ilgari ishlatilgan o‘qlardan kattaligi va boshlang‘ich tezligi bilan ajralib turadi. Shu sababli hozircha uning kalibri va boshqa ko‘rsatkichlarini oshkor qilmaymiz», - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, DXL-5 miltig‘i 2021 yil boshida tayyor bo‘ladi, biroq koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan muammolar tufayli hozircha aniq sanasini aytish qiyin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан