Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






75 yoshli hindistonlik ayol qiz farzand ko‘rdi va tarixdagi eng keksa onaga aylandi
17.10.2019 17:52,  
347

Hindistonning Kot shahrida 75 yoshli ayol qiz farzandni dunyoga keltirib, tarixdagi eng yoshi keksa ona bo‘ldi. Bu haqda The Times of India nashri xabar beryapti.

Ismi aytilmayotgan ayol sun’iy urug‘lantirish vositasida homilador bo‘lgan. Ayolning keksaligi va sog‘lig‘ida muammolari borligiga qaramay jarayon muvaffaqiyatli o‘tgan. Ammo qizaloq kutilganidan ertaroq, 6 oyligida dunyoga kelgan. Hozirda chaqaloq intensiv terapiya bo‘limida qolmoqda.

Shifokorlarning aytishicha, ayolning asrab olingan o‘g‘li bo‘lgan, ammo u o‘zi farzand ko‘rishni istagan. Shifokorlar kesarcha jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lishgan — keksa ayolning organizmi tabiiy tug‘ish jarayonini ko‘tara olmagan.

Ammo ayolning 75 yosh ekanligi faqat uning so‘zlariga asoslanib aytilyapti, uning haqiqatda shu yoshdaligini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘q.


Bungacha eng keksa ona maqomi boshqa bir, 74 yoshli hind ayoliga tegishli bo‘lib, u egizak farzandlarni dunyoga keltirgan edi. Biroq uning ham haqiqiy yoshini ishonchli hujjatlar bilan tasdiqlab bo‘lmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан