Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






78 turdagi daraxt va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati tasdiqlandi
20.02.2020 10:12,  
351

“Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Hukumat qarori (93-son, 18.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 78 turdagi daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.

Qarorga ko‘ra, moratoriy joriy etilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesish bo‘yicha: 

– davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;

– hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga;

– tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiiy omillar, kasalliklar ta’sirida shikastlangan, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан