Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






8 ta hududda 287 nafar koronavirusga chalinganlar aniqlandi – O‘zbekiston
30.07.2020 10:05,  
512

2020 yil 30 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 872 (+287) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 58 nafari Toshkent shahridagi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 116 nafari Toshkent viloyatida, 43 nafari Samarqand viloyatida, 23 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, yana 11 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafar Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 803 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан