Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






8000 dollar evaziga O‘zMUga o‘qishga opkirib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
9.09.2020 15:45,  
133

Qo‘qon va Toshkentda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsiddinov xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi va fakultet dekani daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib uning tanishini mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanishgan. 

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbirda J.P. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 8 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан