Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






9 avgust kuni 700 ga yaqin kasallanish holatlari qayd etildi
10.08.2020 06:30,  
334

2020 yilning 9 avgust kuni mamlakatimizda 691 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Umumiy kasallanish holatlari soni 30 609 tani tashkil etmoqda. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Toshkent va Navoiy viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Namangan hamda Navoiy viloyatlarida jami 726 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 30 609 nafar bemordan 22 042 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 373 nafar bemordan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан