Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






9 mayni nishonlamaslikning 9 sababi
9.05.2020 06:09,  
3413

Ildiz kanalida Kira Frunze tomonidan yozilgan 9 may “bayram”i nishonlanishga arzimasligi va buning sabablari haqidagi maqola o‘zbekchalashtirildi.

"9 may yaqinlashib kelayotgan sari hamma yoqni mazkur “bayram” belgilari to‘ldirib tashlaydi: Georgiy lentalari, yangiliklar saytlari vatanparvarona maqolalar bilan to‘lib toshgan va hokazo.

Lekin bu “bayram” nishonlashga arziydimi? Menimcha, bu kunning ahamiyati keyingi yillarda haddan tashqari ko‘pirtirib yuborilmoqda.

9 mayni nishonlamaslikning 9 sababi:

1. Davlat propagandasi

Rossiya kabi davlatlar uchun bunday bayramlarni nishonlash ayni muddao. Bu bayramda fuqarolar bir g‘oya atrofida jipslashadi. Harbiy paradlar uyushtiriladi, mushaklar otiladi, askarlar bo‘tqasi bepul tarqatiladi – va qarabsizki, ommaviy ta’sir ko‘rsatish quroli tappa-tayyor!

2. Harbiy texnikaga haddan tashqari e’tibor

Qizil maydondagi harbiy namoyish – fuqarolarning g‘urur tuyish manbayi hisoblanadi. Lekin bunday g‘urur pullarni ko‘kka sovurishga arziydimi? Ayniqsa, sog‘liqni saqlash va ta’limga qaraganda harbiy ehtiyojlarga ko‘proq pul sarflanayotganini inobatga olsak.

3. Sun’iylik

Mazkur bayramni atayin ko‘klarga ko‘tarish faqat oxirgi o‘n yillikda ko‘zga tashlanmoqda. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingi ilk 20 yillikda bu bayram deyarli nishonlanmagan.

4. Mamlakat uchun ulkan yo‘qotish

Ikkinchi jahon urushi payti mamlakat ko‘plab jasur va mard o‘g‘lonlaridan judo bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda – millat gullaridan ayrildi. Urushdan so‘ng iqtisod, qishloq xo‘jaligi va butun mamlakat xarob bo‘ldi. Mana – g‘alaba qiymati.

5. Shubha ostidagi qahramonlar

Urush faxriylariga juda ko‘p diqqat qaratilmoqda. Aslida biz ko‘p vaqt mobaynida va katta masshtablarda boshqa odamlarni o‘ldirgani uchun o‘sha odamlarni shon-shuhratga ko‘mib tashlaymiz. Albatta, tan olish ham kerakki, ular vatanini himoya qildi, lekin men uchun umuman tushunarsiz holat: oddiy holatlarda 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga qamoqqa tushishga sabab bo‘ladigan harakatni urushda sodir etgan kimsalarni qanday qilib maqtab ko‘klarga ko‘tarish mumkin?!

Agar siz urush faxriylari amalga oshirgan qahramonliklarga haqiqatda ishonsangiz – unda ularga faqat ma’lum bir kun emas, yil bo‘yi yordam ko‘rsating. Yil bo‘yi ko‘klarga ko‘taring, faqat bir kun emas.

6. “Xalqni qisish”

Hukumat bu bayramdan fuqarolarning vatanparvarlik ruhini ko‘tarish va ularni real muammolardan chalg‘itish uchun foydalanib keladi. Hammaning ko‘ziga ko‘rinib turgan muammolar bular – iqtisodiy inqiroz, siyosiy taranglik va ijtimoiy qarama-qarshiliklardir.

7. Soxta veteranlar

Haqiqiy urush qatnashchilaridan tashqari, yildan yilga soxta urush qatnashchilari ko‘paygandan ko‘payib bormoqda. Axir, agar mantiqan o‘ylasangiz, faxriylar soni yildan yilga kamayib borishi kerakmasmi?!

Lekin buning aksi bo‘lmoqda. Ko‘plab qariyalar bu bayramni ikkinchi jahon urushiga aloqasi bo‘lmagan turli-tuman boshqacha medallar bilan qarshi olishadi. Bu haqda Internetdan ko‘plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

8. Ittifoqchilarning xizmatini kamsitish

Aksariyat G‘arbda SSSRning natsistlar ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi e’tibordan chetda qoldirilishidan ayuhannos soladi. Lekin biz (rossiyaliklar) ham o‘z ittifoqchilarimizning buyuk xizmatlarini xotiramizdan o‘chirganmiz: masalan, frontdagi har uchinchi tank Lend-Liz dasturi bo‘yicha yetkazib turilgan Amerikaga tegishli bo‘lgan.

9. Zamonga xos g‘alabaning yo‘qligi

Bugungi kunda Germaniyada mazkur bayram tushunarli sabablarga ko‘ra nishonlanmaydi. Lekin bu mamlakat – dunyodagi iqtisodi qudratli davlatlardan biri hisoblanadi. 

Rossiyada esa 9-maydan tarixda qolib ketgan g‘alabani nishonlash uchun foydalaniladi, negaki modern dunyoda shundan boshqa g‘ururlanadigan narsaning o‘zi yo‘q.

Bu kunni bayram sifatida nishonlash kerakmi yo yo‘qligini har kimning o‘zi hal qiladi. Mening sizlarga beradigan yolg‘iz maslahatim – aqlingiz bilan o‘ylang! Propagandaga berilmang!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан