Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






9 ta viloyat hokimiga maslahatchi lavozimi joriy qilindi
22.06.2020 12:36,  
600

“Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.​

Qarorga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

2020 yilda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan kamida 10 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, qaror bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Qo‘mita, jumladan, suv omborlari va o‘rmon xo‘jaliklarida turizm turlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlari ijrosini monitoring qiladi.

Qaror bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tegishlicha turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari.

Qaror bilan ”Andijon” xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан