Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






92 yoshli ko‘zi ojiz nogironga virtual qabulxona kredit olib tadbirkor bo‘lishni taklif qildi
4.10.2019 18:21,  
498

Nogironligi bor shaxslar dardi...

- Qayerda yuribsiz o‘g‘lim? Sizni necha kundan beri kutaman. Maniyam dardimni chiqarasizmi?
- Nima bo‘ldi, otaxon? Tinchlikmi?
- Men Qosimov O‘rmonjonman, Miskin mahallasidan. Tadbirkor ko‘chasi 33-uyda turaman. Yoshim 92 da, ko‘zim ojiz, siz bilan bir gaplashay deb keldim. 1-guruh nogironiman. Oilam, farzandlarim yo‘q. Ukam 74 yoshda. Ukam 2-guruh nogironi, ayoli ham 2-guruh nogironi. Ukamning 2 nafar qizi bor. Hammamiz bir xonadonda yashaymiz. Nogironlar xonadoni-da endi, bolam.
- Xudo quvvat bersin, ota.
- Ilohim. Ishga yaroqsizmiz. Uy-joylarni yaxshilash uchun kattalarga murojaat qildim. Prezidentning virtual qabulxonasigayam bordim. Hech qanday natija yo‘q. Sizni surishtirib keldim. Internetingizda chiqarsangiz Prezident o‘qir ekan. Zora, dardimni yozsangiz-u, Prezidentni odamlari uyimizni sal to‘g‘rilab berishsa...
- Murojaat qilibsiz, nima deb javob berishdi? Yordam berishdimi?
- Men ko‘rman, 1-guruh nogironiman, oilam nogiron deb turibman, ular menga kredit olib savdo qil deyishyapti. Men qanday savdo qilaman axir?
- Shuni internetda chiqarsam bo‘ldimi, ota?
- Ha, bo‘ldi. Shunga keldim o‘zi.
- Xop, ota. Dardingizni chiqaraman. Lekin foyda beradimi-yo‘qmi bilmadim.
- Siz chiqarovringchi, Prezident eshitib qolar. Agar shundayam foyda bo‘lmasa, xafa bo‘lmayman. Duo qilib yurovraman, - deb uzoq duo qildi.
....................................
Ko‘nglim g‘alati bo‘ldi... Mazlumlarning duosi bilan tirik yurgandirman balki?.. Bu dunyoga dard eshitish uchun kelganmikinman yoki? Mening hayotdagi vazifam nima o‘zi? Eh, mayli, chalg‘imaymiz.
Xullas, guvohsizlar, otaning dardini chiqarib, bo‘ynimdan soqit qildim. Agar Prezident o‘qisa, o‘qigani uchun rahmat!

(asosiy fotosuratning xabarga aloqasi yo‘q)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан