Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






A Seriya. «Jenoa» Eldor Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda «Roma» mehmoni bo‘ldi
7.03.2021 20:14,  
399

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 26-turida «Jenoa» 7 mart, yakshanba kuni «Roma» maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Janluka Manchini tomonidan urilgan goldan keyin rimliklar oldinga o‘tib oldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va «Roma» minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvda Eldor Shomurodov 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

«Roma» mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 50 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Jenoa» esa 27 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.

Genuyaliklar keyingi turda «Udineze»ni qabul qiladi, «Roma» esa «Parma» mehmoni bo‘ladi.

A Seriya

26-tur bahsi

7 mart, yakshanba

«Roma» — «Jenoa» 1:0

Gol: 1:0 – 24 Manchini.

«Roma»: Lopes, Karsdorp, Smolling, Manchini, Bruno Peres (Spinatssola, 86), Pellegrini, Kristante, Pedro (Karles Peres, 74), Diavara (Vilyar, 60), ash-Shaaravi (Mxitaryan, 60), Mayoral (Fasio, 87).

«Jenoa»: Marketti, Zappakosta, Krishito, Masello, Gilone (Kassata, 46), Strotman (Skamakka, 76), Radovanovich, Zays (Melegoni, 78), Badel, Pyasa (Shomurodov, 46), Destro.

Ogohlantirishlar: Masello (42), Destro (45), Strotman (64), Manchini (65), Krishito (83).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан