Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






A Seriya. «Jenoa» Eldor Shomurodovning goli evaziga mavsumni g‘alaba bilan yakunladi
23.05.2021 10:06,  
301

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining so‘nggi, 38-turida «Jenoa» 22 may, shanba kuni «Kalyari» maydoniga safar qildi.

Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 15-daqiqada «Jenoa»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov tomonidan kiritildi. Bu Shomurodovning A Seriya 2020/21 yilgi mavsumidagi 8-goli bo‘ldi. Eldor mazkur bahsda 86-daqiqada zaxiraga olindi.

Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida genuyaliklar bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, yakunda g‘alabani saqlab qola oladi. Shu tariqa «Jenoa» 42 ochko bilan hozircha 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi turning qolgan o‘yinlari 23 may sanasida o‘tkaziladi.

A Seriya

38-tur bahsi

22 may, shanba

«Kalyari» — «Jenoa» 0:1

Gol: 0:1 – 15 Shomurodov.

«Kalyari»: Kranyo, Klavan, Karboni, Rugani, Likoyannis (Sottil, 80), Marin, Nandes (Zappa, 46), Nainggolan (Dankan, 10), Deyola (Pereyro, 69), Joao Pedro, Cherri (Simeone, 69).

«Jenoa»: Paleari, Goldaniga, Masello (Behrami, 46), Sapata, Zappakosta (Krishito, 90), Rovella, Strotman, Melegoni, Pyasa (Kallon, 46), Pandev (Zays, 57), Shomurodov (Radovanovich, 86).

Ogohlantirishlar: Behrami (51), Melegoni (64), Karboni (77).

Chetlatish: Behrami (83).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан