Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abadiy muzliklarning erishidan Rossiya yiliga 2,3 mlrd dollar zarar ko‘radi
19.10.2019 13:22,  
490

Rossiya hukumati abadiy muzliklarning erishi natijasida Rossiya Federatsiyasi ko‘radigan zarar miqdorini hisoblab chiqdi. Bu haqda Rossiya Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Aleksandr Krutikov Bloomberg’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Abadiy muzliklarni erib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik davlatning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblamoqda Krutikov. «Biz ushbu mavzuni e’tiborsiz qoldirolmaymiz, chunki bu iqtisodiy taraqqiyotga bevosita ta’sir qiladi», dedi u.

Abadiy muzliklar Rossiya hududining 60 %dan ortig‘ini tashkil qiladi. Abadiy muzliklar ostida Rossiya neftining 15 %i, gazining esa 80 % saqlanmoqda. Tabiiy gazga eng boy beshta davlatdan biri bo‘lgan Rossiyada, agar abadiy muzliklar erisa, bu omil ham global iqtisodiy inqiroz tomon yetaklashi mumkin.

Rus mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, abadiy muzliklarning erishidan Rossiya hukumati yiliga 50 mlrd. rubl (783 mln. $)dan 150 mlrd. rubl (2.3 mlrd. $)gacha zarar ko‘radi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан