Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi
12.01.2021 17:58,  
534

Turkiyada o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda 12 yanvar kuni jurnalistning Telegram-kanalida xabar berildi.

Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingandi.

Uni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun yollangan advokat vaziyatni o‘rgangach, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar bergani, ushbu ma’lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so‘ngra qo‘lga olinganini aniqlagan.

10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi harbiy libosdagi to‘rt kishi, shuningdek, fuqaro kiyimidagi shaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv o‘tkazgan. So‘ng ular hujjatlarni rasmiylashtirib, jurnalistni olib ketishgandi.

Mirzayevga nisbatan gumonlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Shunga qaramay, u bir davomida deportatsiya bo‘linmasida qolishiga to‘g‘ri keldi.

Avvalroq Abdukarim Mirzayev bilan aloqada bo‘lgan «shubhali shaxslar»ga nisbatan gumonlar ham tasdiqlanmagani ma’lum bo‘lgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан