Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdukarim Mirzayevning deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi
21.12.2020 20:26,  
591

Turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan o‘zbek jurnalisti Abdukarim Mirzayevning Turkiyadan deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. Jurnalistning qachon qo‘yib yuborilishi vaqt bilan bog‘liq masala ekani aytildi.

Turkiyaning Istanbul shahrida turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan Abdukarim Mirzayevning mamlakatdan deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist faoliyat ko‘rsatayotgan Registon TV onlayn telekanalining rasmiy sahifalarida xabar berildi.

«Azizlar, Registon TV oilasi a’zosi, jurnalist va rejissyor Abdukarim Mirzayev bilan bog‘liq xushxabarimiz bor. Istanbul Migratsiya idorasi (Göç idaresi)dan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Abdukarim Mirzayev deportatsiya qilinmaydi. Uning ozod etilishi esa vaqt bilan bog‘liq masala», — deyiladi xabarda.

Avvalroq jurnalistning «shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lgani» aybi bilan qo‘lga olingani, biroq shubha-gumonlar o‘z tasdig‘ini topmagani, biroq uni mamlakatdan deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgani haqida xabar bergan edik.

Keyinroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘zbek jurnalistning Turkiyada qo‘lga olinishida O‘zbekiston tomonining hech qanday aloqasi yo‘qligini hamda Abdukarim Mirzayevning hech qanday jinoiy ish bilan aloqasi bo‘lmagani va qidiruvdagilar ro‘yxatida ham yo‘qligini ma’lum qildi.

O‘zbek jurnalistining Turkiyada qamoqqa olinishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, #FreedomToAbdukarim, #freeAbdukariM heshteglari ostida o‘n minglab postlar, tvitlar qoldirildi. Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Turkiyaning taniqli shaxslari, siyosatchilarga murojaatlar yo‘llandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан