Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi
10.03.2021 21:36,  
54

2021 yilning 10 mart kuni Islomobodga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralar chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, uning turini kengaytirish, qo‘shma investitsiya va infratuzilma loyihalarini faol amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Shu maqsadda ikki mamlakat hukumatlari imtiyozli savdo, bank va bojxona hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, muntazam parvozlarni tiklash bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Tashqi ishlar vazirlari afg‘onlararo muzokaralarni yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonda barqaror tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish uchun xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini qayd etdilar.

Madaniy-gumanitar munosabatlar, shuningdek, turizm sohasidagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratildi. Tarixiy, madaniy va maʻnaviy jihatdan mintaqalarimiz va mamlakatlarimiz sivilizatsiyasi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ishonchli asosi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Vazirlar BMT, IHT, ShHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi..

Turli darajadagi tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi 

Uchrashuvda tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va global kun tartibining boshqa masalalari bo‘yicha ham fikr almashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан