Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulaziz Komilov AQSh mudofaa vaziri vakili bilan muzokara o‘tkazdi
11.09.2019 18:08,  
9

11 sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan AQSh mudofaa vazirining Hind va Tinch okeanlari mintaqasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Rendal Shrayverni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

“Tomonlar O‘zbekiston-AQSh ko‘p qirrali hamkorligining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar”, deyiladi xabarda.  

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xususan, afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish masalalariga, shuningdek, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy munosabatlarga Afg‘onistonni jalb etish borasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан