Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulaziz Komilov qirg‘izistonlik hamkasbi bilan O‘zbekiston bayrog‘iga qilingan hurmatsizlikni muhokama qildi
23.08.2019 11:17,  
34

22 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, muloqotda ishning barcha jihatlarni birgalikda o‘rganish va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ruhida vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

2019 yilning 18 avgust kuni Qirg‘izistonning Osh viloyati Qorasuv shahrida “qulatuv” jangi bo‘yicha WEF PROFFIGHT turnirida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi. O‘zbekistonlik sportchi Nursulton Ro‘ziboyev o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etdi va u yerda qirg‘izistonlik jangchiga mag‘lub bo‘ldi. Jang yakunida sportchi hakam qirg‘izistonlik jangchiga yon bosdi deb hisoblab, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishga uringan. Ammo hakam bunga yo‘l qo‘ymaganligi iddao qilinmoqda. Lekin O‘zbekiston bayrog‘ini nima sababdan hurmatsizlarcha otib yuborganligiga izoh keltirilmagan.

Shundan so‘ng Ro‘ziboyev Instagram video joylashtirdi, unda u qirg‘izistonlik hakamning o‘zbek bayrog‘iga qilingan hujumni qoralagan. Keyinchalik u videoni o‘chirib tashlagan. Hozirda unga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 313-moddasi (irqiy, etnik, milliy, diniy yoki mintaqalararo adovatni qo‘zg‘atish) bo‘yicha dastlabki surishtiruv boshlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан