Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulaziz Komilov Rossiya va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
11.09.2020 11:03,  
97

2020 yilning 10 sentyabr kuni ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Turli daraja va shakllarda, jumladan O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarning tashkiliy jihatlari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faollashtirish bo‘yicha amaliy takliflarni ko‘rib chiqildi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari tomonidan pandemiya sharoitida ushbu yo‘nalishdagi faollikning pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni ijobiy baholadi

Shuningdek, mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga ham to‘xtalindi.

Shu kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi.
Vazirlar siyosat, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi hamda xavfsizlikni ta’minlash jabhasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalariga muhim e’tibor qaratildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali bo‘yicha fikr almashdi.

Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik sur’atlarini saqlab qolish va rivojlantirish uchun yaqin munosabatlar va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishning muhimligi ta’kidlandi.

Koronavirusni aniqlash va kasallanganlarni davolash borasida tajriba almashish, shifokorlar malakasini oshirish va virusga qarshi vaksinani yaratish bo‘yicha hamda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun aloqalarni yanada kengaytirishga qiziqish bildirildi.

Mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash uchun «Markaziy Osiyo – Xitoy» tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi mexanizmining zarurligi qayd etildi. Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishga ko‘maklashuvchi investitsion va infrastruktura loyihalarini ro‘yobga chiqarishni davom ettirish uchun amaliy choralar ko‘rishning muhimligi e’tirof etildi.

Vazirlar Doxa shahrida afg‘onlararo muzokaralarning birinchi raundini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан