Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Abdulaziz Komilov Shvetsiyada YeXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
4.12.2021 11:25,  
21

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3 dekabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmga amaliy tashrifi doirasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Helga Shmid bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan. Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash, davlat boshqaruvining samaradorligi va shaffofligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, inson huquqlarini himoya qilish, gender tengligi tamoyillarini ilgari surish kabi yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni faollashtirishdan tomonlarning birday manfaatdor ekani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston masalasi, jumladan, ushbu mamlakatni nizodan keyingi tiklash bo‘yicha tashkilotning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasini ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan.

Shuningdek, Helga Shmid YeXHTning Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda BMT Global terrorizmga qarshi kurash strategiyasining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etishga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан