Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
17.08.2019 14:31,  
75

2019 yilning 16 avgust kuni vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.

TIV xabariga ko‘ra, vazir birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan Turkmaniston prezidenti va birodar xalqiga O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning otashin salomi va samimiy tabriklarini yetkazdi. Mazkur forumda O‘zbekiston bosh vaziri rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomon kun tartibining asosiy masalalari, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalarini yana rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ikki mamlakat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi sabab O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashuvi kuzatilmoqda. Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra savdo aylanmasi 257 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 marta ko‘p hisoblanadi.

Suhbat davomida BMT, MDH, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi hamda boshqa global va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан