Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulaziz Komilov YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbarini qabul qildi
17.09.2020 11:59,  
32

2020 yilning 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi yangi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

M.Mamedzade o‘zining lavozimga tayinlanishi to‘g‘risidagi YuNISEF ijrochi direktori Henriyetta For xatini vazirga taqdim etdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishning bugungi holati va ustuvor yo‘nalishlari, xususan, bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar bo‘yicha ham fikr almashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан