O‘zbekiston delegatsiyasi MDH hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Minsk shahriga tashrif buyurdi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi, dastlab, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘ldi.
Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda mazkur formatdagi muloqot muhim ahamiyatga egaligi takidlandi.